Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudga bo‘lgan ishonchni qanday oshirish mumkin? Xolmo‘min Yodgorov javob berdi

Sudga bo‘lgan ishonchni qanday oshirish mumkin? Xolmo‘min Yodgorov javob berdi

«O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni sharhlar ekan, mazkur organ raisi Xolmo‘min Yodgorov «...tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlamasdan turib, jamoatchilikning sudga bo‘lgan ishonchini oshirib bo‘lmas»liga urg‘u berdi.  

Unga ko‘ra, Kengash faoliyatini tartibga soluvchi qonunning jami 13 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shundan  7 modda yangi tahrirda berildi, 1 ta modda chiqarildi. 

O‘zgartish va qo‘shimchalar, avvalo, tizim faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflikni yanada ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki, ayni shu ikki omilsiz yetarli bilim va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan munosib kadrlar bilan sudyalar korpusini samarali shakllantirib bo‘lmasligi, tizimda korrupsiyaning barvaqt oldini olish mumkin emas.

Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari (6-modda) kengaytirilib unga:

  • sudyalar daxlsizligi buzilishi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish;
  • sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
  • sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqish va prinsipial baholash;
  • Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
  • rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish kabi qator vazifalari yuklandi. 

Shu bilan birga, qonunda Kengash raisining sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini ta’minlashga va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etishi  belgilandi (9-modda) deb yozadi Sudyalar oliy kengashi raisi X. Yodgorov UzA rasmiy saytida chop etilgan maqolasida.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring