Kengash tashabbusi bilan yana bir risola chop etildi
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan «2017-2021: Sud huquq sohasidagi islohotlar samarasi» risolasi chop etildi.
Ma’lumki, besh yil avval qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturi hokimiyatining chinakam mustaqilligini amalda ta’minlash hamda uning faoliyatini sifat jihatdan tubdan yaxshilash masalasi alohida belgilangandi.
Vazifalar ijrosi va natijalari sarhisobda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Risolada o‘tgan qisqa davrda tizimda amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari haqida so‘z yuritaladi. E’tiborlisi, to‘plam quruq ma’ruzalardan holi, natijalar aniq raqam, fakt va taqqoslar orqali geometrik va grafik dizayn shaklida o‘quvchiga havola etiladi. Bu esa amalga oshirilgan islohotlar haqida keng tasavvur hosil qilish imkoniyatni taqdim etadi.
To‘plam nainki muayyan qatlam, balki keng ommaga mo‘ljallangan.
Risola AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik» qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikning navbatdagi mahsuli bo‘lib, bepul tarqatish uchun nashr etilgan.
«2017-2021: Sud huquq sohasidagi islohotlar samarasi» risolasining elektron nusxasi bilan Sudyalar oliy kengashi veb-saytida tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter