Sud Sof.uz saytidan 3,7 mlrd so‘m undirish to‘g‘risida qaror chiqardi

Anorbank va Sof.uz o‘rtasidagi nizoni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, da’vogar «ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyatining javobgar «KOMIL UNSUR» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan talablari bo‘yicha javobgarga nisbatan Sof.uz internet-nashriga tegishli veb-sayt va Telegram-kanalida bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga bankning raddiyasini chiqarish, Youtube videoxostingidagi kanalida raddiyani efirga berish majburiyatini yuklash talabidan da’vogar voz kechganligini inobatga olib, mazkur talab bo‘yicha ish yuritish tugatildi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 5 apreldagi hal qiluv qarori bilan javobgar «KOMIL UNSUR» mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan 3 721 211 678,85 so‘m yetkazilgan xaqiqiy zarar «ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyatining foydasiga undirilishi belgilangan.
«ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyatining javobgardan 6 278 788 321,15 so‘m ololmay qolingan daromad va 5 000 000 000 so‘m ishchanlik obro‘siga putur yetkazilgan uchun ma’naviy zararni undirish talabi rad etilgan.
Shuningdek, sud harajatlari mutanosib ravishda undirilishi belgilangan.
Birichni instansiya sudining ushbu hal qiluv qarori ustidan bir oylik muddat ichida apellyasiya tartibida shikoyat (protest) qilinishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter