Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq xotinini «sharmanda qilish» bilan qo‘rqitgan shaxs ushlandi

Sobiq xotinini «sharmanda qilish» bilan qo‘rqitgan shaxs ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2021-yil 20-dekabr kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli B.M. ariza bilan murojaat qiladi.

Unda sobiq turmush o‘rtog‘i, 24 yoshli Y.F. uning shaxsiga oid ma’lumotlarni va ekspertiza hujjatlarini o‘qish va ish joyi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga 5000 AQSh dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Y.F. Qarshi shahridagi «Yashil bozor» savdo do‘koni yonida fuqaro B.M.dan talab qilgan 5000 AQSh dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Y.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring