Qoraqalpog‘istonda yana bir ekologik fojia. Brakonerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirishdi
Qoraqalpog‘istonda navbatdagi marta vahshiylarcha jayron ovlash holati ro‘y berdi. Bu haqda ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan Xabar.uz’ga ma’lumot berib o‘tildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga tegishli Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq hududida suv ob’yektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tezkor nazorat guruhi» xodimlari tomonidan, 2019-yil 23-sentyabrda, tungi soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani «Qozoqdaryo» OFY hududidan oqib o‘tuvchi «Aqshadaryo» kollektori atrofida o‘tkazilgan tungi reyd natijasida UAZ-469 rusmli davlat raqami «95 V 654 DA» avtomobili to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda ikki dona ov miltig‘i va o‘n uch bosh otib o‘ldirilgan jayron borligi aniqlandi.
Brakonerlar T. B.TOZ-63 va P. A. IJ-18 rusumli ov miltig‘i yordamida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronni 2019 yil 22 sentyabrda kunduzgi soat 15:00-17:00 orasida noqonuniy ov qilganliklari aniqlandi.
Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter