«Qizil kitob»ga kiritilgan 13 bosh jayronni o‘ldirgan shaxslar ushlandi
2023-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Barsakelmes» davlat buyurtma qo‘riqxonasi hamda «Janubiy ustyurt» milliy tabiat bog‘i inspektorlari tomonidan reyd o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolar I.M. va Ye.Jlar tirkamali «Ural» rusumli mototsikl bilan fuqaro I.Mga tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy olib yurgan «IJ» rusumli o‘qotar quroli yordamida Qo‘ng‘irot tumani «Ustyurt» tekisligidan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan jami 13 bosh jayronni noqonuniy ravishda ovlab, tabiatga 195 mln.so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan 27.01.2023 yilda fuqarolar I.M. va Ye.Jlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 202-moddasi 3-qismi «ye, j» bandlari va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolar I.M. va Ye.Jlar protsessual tartibda ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter