Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda jayron va quyonlarni ovlagan brakonerlarga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘istonda jayron va quyonlarni ovlagan brakonerlarga jinoyat ishi ochildi

Foto: Ekoqo‘m matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlagani ma’lum qilingandi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 190 mln. 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura. 

Mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi «ye» va «j» bandlari (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring