Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda sakkizta «NEXIA 3» xatlandi

Qo‘qonda sakkizta «NEXIA 3» xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 2021 yil 27 avgustdagi, qarzdor korxonadan undiruvchi ATB «ASIA ALLIANS BANK» foydasiga 1 mlrd. 393 mln. 204 ming so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, qarzdor ogohlantirilgan va unga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor tomonidan sud qarori ijrosi bajarilmagach, davlat ijrochilari tomonidan IIB YHXB xodimlari bilan joriy yilning 14 iyul kuni hamkorlikda o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli garov mulki bo‘lgan 8 ta «NEXIA 3» avtotransport vositalari jarima maydoniga olib kirildi va xatlandi.

Hozirda mazkur xatlangan avtotransport vositalarini auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring