Qashqadaryoda qizni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan yigit ushlandi
Qashqadaryo viloyatida 21 yoshli Shaxzod X. tanishi S. (qiz) bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qiladi.
Bu haqda qizning onasi I.Q. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, yigitga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ushbu murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2021-yil 9-fevral kuni Shaxzod X. tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.dan qizi S. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter