Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda bosh shifokor 500 dollar bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda bosh shifokor 500 dollar bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot birlashma bosh shifokori 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.Q. arizasiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari  Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, — deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring