Qalbaki pullarni yarim qiymatida «o‘tkazish»ga uringanlar qo‘lga olindi
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib, «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departamentning Andijon shahar bo‘limi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.N. 9 dona 50,0 ming so‘m qalbaki kupyuralarni 225,0 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.N. qalbaki pullarni jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, Xo‘jaobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda rangli printer yordamida «yasashgani» ham aniqlangan. Qalbaki pullarni ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ayni paytda «ixtirochi»larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari jadal olib borilayotir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter