Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pora olgan shaxsning Buxoro shahar hokimligiga aloqasi yo‘q». Bosh prokuratura xabari inkor qilinmoqda

«Pora olgan shaxsning Buxoro shahar hokimligiga aloqasi yo‘q». Bosh prokuratura xabari inkor qilinmoqda

Bugun, 24-yanvar kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar tarqatgandi.

Buxoro shahar hokimligining «Uy joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish» davlat korxonasi matbuot kotibi Sherzod Uralov «Xabar.uz»ga murojaat qilib, ushbu ma’lumotda noaniqliklar borligini ma’lum qildi.

«Internet nashrlari orqali B.K ismli shaxs o‘zini hokimlik vakili sifatida tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zga shaxslar ishonchiga kirib, uy olib berishni va’da qilgan (garchi vakolatiga kirmasa-da) va 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani xabar qilindi. Ushbu holatga oydinlik kiritishni istar edik», deydi matbuot kotibi.

«Xabarlarda B.K ismli shaxs Buxoro shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i deb aytib o‘tilgan. Vaholanki, B.Kning Buxoro shahar hokimligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Fuqaro B.K shtat birligi bo‘yicha UJHO va NJ davlat korxonasining yotoqxonalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi, Buxoro shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i emas! Hokimlik bilan korxona-tashkilot o‘rtasida katta farq bor», ta’kidladi Sherzod Uralov.


Qizig‘i, murojaatchi matbuot xodimlaridan aniq manbalardan foydalanishlarini, turli xildagi bo‘htonlardan yiroq bo‘lishlarini so‘ragan. Shuningdek, saytlar va telegram kanallar orqali raddiya  berishni, aks holda ular qonun doirasida javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ham ogohlantirgan.

Birinchidan, bu xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan va shunga asoslanib, saytlar e’lon qilgan. Shuning uchun murojaatchining «aniq manba» va «bo‘hton» kabi iddaolari ortiqcha.

Qolaversa, rasmiy manbaga asoslanib tarqatilgan xabar uchun OAV saytlaridan raddiya talab qilish, bu ham yetmagandek, javobgarlik haqida ogohlantirishi anchagina ortiqcha, hatto kulguli holat hamdir.

Pora bilan ushlangan B.Kning haqiqatda Buxoro shahar hokimligi xodimi bo‘lganmi-yo‘qmi, bunisiga ishni olib borayotgan mas’ullar yakuniy aniqlik kiritishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring