Xorazm XTBga savol: raddiyami yo berkinmachoq?
Bunday tezkor munosabat olqishga loyiq — agar mavjud tartib-taomilga rioya qilinganda! Munosabat bildirishda tartibga rioya qilinmaslik esa yosh bolalarning berkinmachoq o‘yinini eslatadi, xolos.
Bosh prokuratura «MY5»da namoyish etilgan yana bir videolavhasi yuzasidan bayonot berdi
Voqelik bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirib, natijasiga ko‘ra qaror qabul qilingan.
«Vaqf» fondi yana bir bor raddiya berdi
«Vaqf»ga tushayotgan mablag‘lar haqida ochiq ma’lumotlar yo‘qligi haqida tarqalgan xabarlarga «Vaqf» fondi yana raddiya berdi.
Oliy suddan «raddiya» keldi. Yoki ikki karra ikki nechchi?
Ochig‘iga ko‘chsak, raddiya kelishini kutgandik. Bunga shubha yo‘q edi hatto. Nega? Nima, bilaturib, noto‘g‘ri va noxolis maqola yozilganmidiki, tahririyat raddiya kutsa? Maqsad muammo ko‘tarishdan ko‘ra, oliy mahkama mutasaddilarini shunchaki bezovta qilishginamidi?
«Vaqf» raddiya berdi, ammo «Malibu» haqida indamadi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida «Saidqosim Buxoriy» degan foydalanuvchi tarqatgan xabarlarga raddiya berdi.
BuxDU «Xabar.uz»da ko‘tarilgan tanqidga javob qaytardi
Unda jurnalist Hasan Salomov turmush o‘rtog‘ining tahsilini Jizzax pedagogika institutidan Buxoro davlat universitetiga ko‘chirishiga to‘g‘ri kelganini, buning uchun sansalorlik tinkasini quritganini, BuxDUning o‘qish ko‘chirilganini tasdiqlovchi xatini 40 kun kutganini ta’kidlaydi.
«Pora olgan shaxsning Buxoro shahar hokimligiga aloqasi yo‘q». Bosh prokuratura xabari inkor qilinmoqda
Bugun, 24-yanvar kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar tarqatgandi.
Andijonda bo‘g‘ma kasalligi aniqlandimi? Vazirlik aniqlik kiritdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Ozodlik» saytida Andijon shahrida yashovchi 3,5 yoshli bolada bo‘g‘ma (difteriya) kasalligi qayd etilganligi to‘g‘risida xabarga raddiya berdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga raddiya
Tahririyatimizga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ushbu tashkilotga raddiya keldi. Quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.
Bosh prokuratura «temir prokuror» laqabli Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olinganini rad etdi
«Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev va uning oila a’zolari ushlanganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.