O‘zbekiston va Hindiston ichki ishlar vazirlarining uchrashuvi
20 noyabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shax o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop vositalar, terrorizm, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash hamda mazkur sohada tezkor axborot almashish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Hindiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter