Oltiariqda qimorxona ochgan shaxs ushlandi. U 7 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 4 may kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yorqin ko‘chasida yashovchi O.A. yashash xonadonida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilib, tanishlari M.X., N.X. va A.U.larni qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 880.000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter