Oltiariq tumanida «bomba» topildi
Joriy yilning 22-noyabr kuni soat taxminan 12.00 larda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani IIB bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Unga ko‘ra, mazkur hududda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro B.H. axlat yig‘ish joyidan zanglagan temir bo‘lagini topib olib, o‘z xonadoniga olib kelgan. Xonadoniga kelib temir bo‘lagini ko‘zdan kechirganda ushbu jism portlovchi «snaryad» ekanligini bilib qolgan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB «sapyor» bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter