Mirobod bozorida bankomatni ochishga uringan o‘g‘ri ushlandi
2021-yil 15-mart kuni soat 02:00da noma’lum shaxs Toshkent shahri Mirobod tumani «Mirobod dehqon bozori» hududida joylashgan «Xalq banki» ATB Mirobod tumani filialiga qarashli bo‘lgan «Uzcard NCR 6622» rusumli bankomatni o‘zi bilan birga olib kelgan temir jism bilan ochib, seyf ichida bo‘lgan 82.080.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida bankomat ichiga joylashtirilgan seyfni buzmoqchi bo‘lgan. Lekin buzishni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 26 yoshli Kamoliddin E. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kamoliddin E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi «v» bandi (O‘g‘rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter