Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast piyodaga tan jarohati yetkazgan «Lasetti» haydovchisi qo‘lga tushdi

Mast piyodaga tan jarohati yetkazgan «Lasetti» haydovchisi qo‘lga tushdi

Foto: IIV

Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasining 2021-yil 18-aprel kuni bergan xabariga ko‘ra, 1971-y.t. fuqaro M.Nurullo mast holatda Marg‘ilon shahar, «Pichoqchi» MFY, Xiyobon ko‘chasidan o‘tgan avtomashinalar yo‘l-qatnov qismida mast holatda xushsiz yo‘l chetida yotgan vaqtida tibbiyot muassasaga olib kelingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, M.Nurullo mast holatda Marg‘ilon shahar, «Pichoqchi» MFY, Xiyobon ko‘chasidagi avtomashinalar yo‘lida harakatlanib kelayotgan noma’lum qora rangli «Lasetti» rusumli avtomashina yo‘liga chiqib yuborganligi bois noma’lum avtomashina haydovchisi avtomashinasidan tushib, M.Nurulloni yo‘liga chiqib yuborganligi sababli qo‘li bilan bir marotaba yuz qismiga urib yuborib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 19-aprel kuni Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan noma’lum qora rangli «Lasetti» rusumli avtomashina va uning haydovchisini aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu avtomashina Farg‘ona shahar, «Mehribonlik» MFY, Qo‘qon ko‘chasida yashovchi, 1992-y.t. Yu.Muxammadayub boshqaruvida ekanligi, 2021-yil 18-aprel kuni soat 17.00 lar chamasida Marg‘ilon shahar, Xiyobon ko‘chasida ketayotgan vaqtida jabrlanuvchi M.Nurullo mast holda unga uyatli so‘zlar bilan so‘kinganligi sababli bir-birlari bilan o‘zaro janjallashib, Yu.Muhammadayub jabrlanuvchi M.Nurulloni yuz qismiga bir marotaba qo‘li bilan urganligi va natijada M.Nurullo orqa bosh qismi bilan asfaltga yiqilib tan jarohati olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasiga topshirilib, Yu.Muhammadayub Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring