Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchisi bo‘yniga o‘g‘rilikni «ilmoqchi» bo‘lgan organ xodimlariga nisbatan intizomiy «ish» qo‘zg‘atildi

Maktab o‘quvchisi bo‘yniga o‘g‘rilikni «ilmoqchi» bo‘lgan organ xodimlariga nisbatan intizomiy «ish» qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Internetda tarqalgan organ xodimlari maktab o‘quvchisini urib, bo‘yniga o‘g‘rilik jinoyati qo‘ymoqchi bo‘lganligiga oid xabarlar o‘rganilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2019-yil 12-noyabr kuni G‘ijduvon tumani «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi M.Fozilova tuman prokuraturasiga o‘g‘li F.Toshpo‘latovni maktabda (31-sonli maktab) bo‘lgan vaqtida o‘zlarini G‘ijduvon tuman IIB xodimi deb tanishtirgan «Murod» va «Laziz» ismli shaxslar maktab direktori xonasidan olib ketib, suv nasosi va tikuv mashinasini o‘g‘irlaganligini bo‘yniga olishni talab qilib, yuz qismiga urib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligini og‘zaki ravishda bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Fozilova ariza yozishdan bosh tortib, murojaatini Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib qoldirganligini va o‘g‘li F.Toshpo‘latovni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tishi uchun qaror berishni so‘rab, tushuntirish xati yozib bergan.

Voyaga yetmagan F.Toshpo‘latovning tanasida jarohatlar mavjud yoki mavjud emasligiga baho berish uchun 12.11.2019-yilda sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Shu kunning o‘zida M. Fozilovaning og‘zaki murojaati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, G‘ijduvon tumani, «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi A.Toshpo‘latov Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, voyaga yetmagan, 2004 yilda tug‘ilgan ukasi F.Toshpo‘latovni 2019-yil 12-noyabr kuni G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakillari M.Sharipov va L.Naimovlar urib tan jarohati yetkazganligi haqidagi murojaati 18.11.2019-yil tuman prokuraturasiga kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruvda 06.11.2019-yilda «Sho‘rcha» qishlog‘ida yashovchi D.Raupovaning uyida noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlik jinoyati sodir etilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha IIO FMB surishtiruvchisining yozma topshirig‘iga asosan 12.11.2019-yil G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakillari M.Sharipov va L.Naimovlar tumandagi 31-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi F.Toshpo‘latovni 1-son IIBga olib kelib, pedagog-o‘qituvchi ishtirokisiz suhbat olib borilganligi va IIB binosiga kelgan fuqarolarni kirish-chiqishlarni qayd qilish daftarida ham pedagog-o‘qituvchining ro‘yxatdan o‘tmaganligi hamda voyaga yetmagan F.Toshpo‘latov va o‘qituvchisidan tushuntirish xati olinmaganligi aniqlangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan 26.11.2019-yilda G‘ijduvon tuman IIO FMB 1-son IIB JQB tezkor vakili M.Sharipovga nisbatan intizomiy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun viloyat IIBga yuborilgan.

Shuningdek, M.Sharipov va L.Naimovlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, viloyat IIBga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring