Karmanada MChJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Karmana tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.Z.» MChJ rahbari A.Yu. va «R.L.» MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, tadbirkor I.Sh.ning ishonchiga kirib, unga qarashli issiqxona hujjatlarini qalbakilashtirish orqali «A.Z.» MChJ nomiga hududiy tijorat banki filialidan 980 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag‘larini naqdlashtirib olib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter