Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik xodimi qo‘lga tushdi — Bosh prokuratura

Hokimlik xodimi qo‘lga tushdi — Bosh prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Asakada hokimlik mas’uli $8 ming pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Asaka tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limiga qarashli bo‘lgan «G‘.Yoqubov» massivi raisi N.S. $8 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylashgan «Oqbo‘yra agro» fermer xo‘jaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini olib berish evaziga $15 ming talab qilib, undan $8 mingni olayotgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring