Haj ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan MChJ rahbari ushlandi
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan 2023 yilning 31 may kuni fuqaro Yu.A. ning arizasiga ko‘ra Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan «E.R» MChJ ofisida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, tadbirda «E.R» MChJ rahbari X.M. va jamiyat menedjeri B.Ch. bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro A.M.ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga va onasiga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 20.000 AQSh dollari evaziga Haj ziyoratini amalga oshirish uchun «Haj vizasi» qilib berishni va’da qilib, shundan 4.000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan fuqarolar Ya.X., M.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter