Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘isht zavodi olib berishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi

G‘isht zavodi olib berishni va’da qilganlar qo‘lga tushdi

Ohangaron tumanida 8 gektarli g‘isht zavodini auksiondan arzon narxlarda olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P  va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar yer maydonida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 000 AQSh dollari evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va’da qilib, oldindan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring