Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 65 yoshlik talaba yuridik texnikumni tamomladi

Farg‘onada 65 yoshlik talaba yuridik texnikumni tamomladi

Foto: Adliya vazirligi

Bu yil Farg‘ona viloyat yuridik texnikumini 248 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi.

Talabalar safida qo‘qonlik 65 yoshli talaba Avazbek aka Mazaidov ham bor. Qizig‘i shundaki, yuzlab talabalarni qutlagani ota-onalar kelishgan bo‘lsa, Avazbek akani esa nabiralari va farzandlari bu muvaffaqiyati bilan tabriklashdi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Yoshim 65 da. Hozirda xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatiman. Bir necha yil avval mahallada oqsoqol bo‘lib ishlaganimda, minglab fuqarolarga huquqiy ko‘mak juda zarurligini anglaganman. O‘shanda o‘z mahallamda bepul yuridik maslahat beruvchi nodavlat tashkilot ochishni maqsad qilgandim. Bir oy avval mahallada mutlaqo bepul bo‘lgan yuridik markaz ochdim.

Shu qisqa muddatda esa boshiga ish tushgan, muammoli vaziyatda bo‘lgan mahalladoshlarimning 20 nafariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatdim–, deydi Avazbek Mazaidov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring