Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich xususiy notariuslarga aylantiriladi

Davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich xususiy notariuslarga  aylantiriladi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha bilan:

- davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich xususiy notarial idoralarga  o‘tkazish;

- nodavlat notarial faoliyatni litsenziyalash;

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasini tashkil etish, uning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari;

- ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibini bekor qilish hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etish;

- uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazish, mol-mulklarni ijaraga (arendaga), tekin foydalanishga berishda ayrim talablarni bekor qilgan holda ushbu bitimlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish;

- masofadan turib, shu jumladan videokonferensaloqa orqali notarial harakatlar amalga oshirish mexanizmini joriy etish;

fuqarolarni notarius kasbiy majburiyatlarini buzishi natijasida yetkaziladigan zarardan muhofaza qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalash;

notariusga elektron murojaat qilish mexanizmini takomillashtirish orqali tekzor notarial xizmatlar ko‘rsatish va boshqalar. belgilab berilmoqda.

Loyihaning qabul qilinishi natijasida notariusning moddiy manfaatdorligining oshishi aholiga tezkor va sifatli notarial xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi, uning nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring