Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozda ikki ulfatning janjali og‘ir oqibat keltirib chiqardi

Chinozda ikki ulfatning janjali og‘ir oqibat keltirib chiqardi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati Chinoz tumanida ikki qo‘shni va ulfatning o‘zaro janjali qasddan odam o‘ldirishdek og‘ir jinoyatgacha yetib bordi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 10-yanvar kuni soat 19:30larda Chinoz tumani, G‘ayrat mahallasida G‘.Quandikov (1969-y.t., sudlanmagan, nafaqaxo‘r), qo‘shnisi K.Ahmedov (1968 y.t., sudlanmagan, ishsiz) bilan spirtli ichimlik ichib, Gaz 31-029 rusumli avtomashinada uyiga ketishayotgan vaqtida, avtomashina ichida o‘zaro janjallashib qolishadi.

G‘ayrat mahallasi hududida joylashgan stadion oldida avtomashinadan tushib, u yerda o‘zaro urishgandan so‘ng, G‘.Quandikov avtomashina ichidan oshxona pichog‘ini olib, u yerdan ketayotgan K.Ahmedovning orqasidan borib, uning orqa qismidan chap bo‘yin sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldiradi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring