Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi tungi janjalga rasmiy izoh berildi

Chilonzordagi tungi janjalga rasmiy izoh berildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida «tungi kapalaklar» mahalliy aholining tinchini buzayotgani va ular o‘rtasidagi janjal aks etgan videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 iyulga o‘tar kechasi taxminan soat 00.40 larda Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududida joylashgan Zargarlik ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgan. Voqea joyiga yetib kelgan IIO xodimlari fuqarolarni tinchlantirib, huquqbuzar shaxslarni IIBga olib borgan. Janjal natijasida bir nafar fuqaro «peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» jarohati bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, so‘ng uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Rasmiy xabarda aynan «tungi kapalaklar» sabab janjal chiqqani qayd etilmagan. Odamlarning yarim tunda to‘planishiga sabab qilib boshqa holat ko‘rsatilgan.

«O‘rganishlar jarayonida, shu kuni taxminan soat 00.30 larda ushbu hududda NEXIA va SOBALT rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashganganligi sababli fuqarolar YTHni ko‘rish uchun to‘planganligi aniqlangan», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring