Bolalarning haqiga xiyonat qilgan mudiraga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining xo‘jalik mudirasi G.R. tomonidan 2018-2019-yillarda jami 180,4 mln. so‘mlik go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo‘jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter