Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Xalq banki»ning 11 nafar xodimi qamoqqa olindi

Andijonda «Xalq banki»ning 11 nafar xodimi qamoqqa olindi

Foto: «Xabar.uz»

«Xalq banki»ning Andijon viloyati Amaliyot bo‘limining 13 nafar xodimi katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Bosh prokuratura tomonidan AT «Xalq banki» Andijon viloyati Amaliyot bo‘limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida bank xodimlari 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganliklari aniqlangan. Ushbu kamomadga yo‘l qo‘ygan 13 nafar bank xodimlariga JK 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan. Ularning 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring