Andijonda o‘zini «ichki ishlar organi xodimi» deb tanishtirib...
2022-yil 1-aprel kuni soat 11:00da, noma’lum shaxs Andijon shahrida joylashgan «A.Navoiy» istirohat bog‘ida yonidan o‘tib ketayotgan Buloqboshi tumanida yashovchi 18 yoshli M.I.ni to‘xtatadi.
U o‘zini IIO xodimi ekanligini, go‘yoki ushbu hududda profilaktik ishlarini olib borayotganligini aytib, yonidagi uyali telefon apparatida taqiqlangan video lavhalar, egnidagi kiyimlarida taqiqlangan narsalar bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishi kerakligini tushuntirib, ushbu narsalarni unga taqdim qilishini talab qiladi.
So‘ng M.I.ga tegishli bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘m bo‘lgan «Redmi 9C» rusumli telefon apparatini hamda shimining cho‘ntagidagi 470.000 so‘m pullarni olib, voqea joyidan qochib ketadi.
Bundan tashqari, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, joriy yilning 8 aprel kuni soat 15:15da Andijon shahar Erkin MFYda joylashgan «Registon» maydonida Oltinko‘l tumanida yashovchi 20 yoshli T.O.ning yoniga kelib, unga ham yuqorida ko‘rsatilgan vajlarini keltiradi.
Unga tegishli narxi 2.000.000 so‘mlik «Samsung A10S» rusumli uyali telefonini so‘rab olib, telefon apparatini qaytarib bermasdan, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib yashirinadi.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan 27 yoshli A.I. sodir etkanligi aniqlanib, undan talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan T.O.ga tegishli «Samsung A10S» rusumli uyali telefoni ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter