47 kishini umra safariga yubormoqchi bo‘lgan shaxs 55.250 AQSh dollarini «yeb yubordi»
Erkak va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida 27 yoshli Mirzahakim M. 43 yoshli Farrux M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga jo‘natishda yordam berishni va’da qilib, buning uchun jami 55.250 AQSh dollari olgan va bu pullarni «yeb yuborgan».
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter