17 mln so‘mga «PUBG» akkauntini sotib olmoqchi edi...
Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17.315.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, A.I., jabrlanuvchi T.I. bilan telegram messenjerining «monstersavdo» nomli kanali orqali tanishib, unga go‘yoki kuchaytirilgan «PUBG» akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga oldindan 17.315.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazdirib olgandan so‘ng o‘zaro kelishmovchilik tufayli 12.000.000 so‘m pullarini qaytargan, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «g» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter