Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yanvardan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1-yanvardan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Yangi boshlanayotgan 2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Fuqarolar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish yuzasidan o‘zlariga qulay bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi, onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi, yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi, Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi.

«O‘zgidromet» va «Meteoinfokom» xodimlarining lavozim maoshlarini hisoblashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsiyenti ikki baravar oshirilgan holda qo‘llanadi, shuningdek, ushbu xodimlarga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun oylik ustama haq to‘lanadi.

Aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.

Yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida:

- rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;

- qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi.

- Barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi.

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham «Manzil» tizimi orqali amalga oshiriladi.

- Qurilish sohasidagi davlat xaridlari tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring