Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan nimalar o‘zgarmoqda? Qisqacha sharh

Bugundan nimalar o‘zgarmoqda? Qisqacha sharh

2022-yil 1-avgustdan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhini taqdim etildi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari maktablar, bolalar bog‘chalari va poliklinikalarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatiladi:

  • bo‘limlar
    • mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
    • qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
    • turizm va madaniy meros bo‘limi;
    • sportni rivojlantirish bo‘limi;
    • oila va xotin-qizlar bo‘limi;
  • davlat soliq inspeksiyasi;
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

    Mobile-ID
     tizimi joriy etiladi

Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud vositalari bilan parallel ravishda ishlaydi. U shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi. Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralar tomonidan yoxud YaIDXPning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Ayrim davlat xizmatlari interaktiv rejimga o‘tkaziladi

Quyidagi xizmatlar faqat YaIDXP orqali ko‘rsatiladi:

  • avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish;
  • avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.

Tajriba-sinov OTMda Auditning xalqaro standartlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish joriy etiladi

Tajriba-sinov OTMlarining (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) ta’lim jarayoniga AXS bo‘yicha chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishni nazarda tutuvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlari joriy etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari uchun ochiqlik indeksi joriy etiladi

Indeks davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash imkonini beradi.

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ularning asosiy texnik ko‘rsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Sanoat mulki muhofazasi kuchaytiriladi

Adliya vazirligining «Sanoat mulki muhofazasi portali» ishga tushiriladi. Portal orqali respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni ularda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni tekshirish mumkin bo‘ladi:

  • tovar belgisi;
  • geografik ko‘rsatkich;
  • tovar kelib chiqqan joy nomi;
  • sanoat namunasi.

Nogironlar uchun – «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron tizimi

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni komissiyalarda hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Oilaviy poliklinikalarning ishi reyting bo‘yicha baholanadi

Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholashning yangi reyting tizimi joriy qilinadi. Bu Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi choralaridan biridir.

«UzGasTrade» AJ – «O‘ztransgaz» AJning huquqiy vorisi

«O‘ztransgaz» AJning tabiiy gazni xarid qilish va sotish shartnomalari hamda bitimlari, shu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha huquq va majburiyatlari «UzGasTrade» AJga o‘tadi. U:

  • tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish;
  • «Hududgazta’minot» AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish funksiyalarini bajarishni boshlaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring