Yuqorichirchiqda hokim mashinasi 16 yoshli qizni urib yubordi. U vafot etgan
20 avgust kuni haydovchi U.A (1994 y. t.) davlat raqami 10 020 DAV bo‘lgan Captiva avtomashinasida 2005 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.
Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Bosh prokuratura U.A Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi ekanligini tasdiqlagan.
Mazkur holat bo‘yicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqorichirchiq tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter