Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda 2 yoshli bola Captiva g‘ildiraklari ostida nobud bo‘ldi

Yunusobodda 2 yoshli bola Captiva g‘ildiraklari ostida nobud bo‘ldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2 yoshli bola kattalarning e’tiborsizligi qurboni bo‘ldi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berishicha, kecha, 14-fevral kuni taxminan soat 16:00 larda tumanning Beltepa mahallasi 32-B uy qarshisida haydovchi U.S (1968-y.t) Captiva rusumli avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, 2021-yilda tug‘ilgan M.U.ni urib yuborgan. M.U. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring