Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk mashinasi to‘siqqa urilib yonib ketdi (foto)

Yuk mashinasi to‘siqqa urilib yonib ketdi (foto)

Foto: FVV

Bugun, 15-aprel soat 02:48 da Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 225 km, Qo‘shminor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchradi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Namuna mahalasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «DAF» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, o‘rta temir to‘siqqa urilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Avtomobil va uning yukxonasi to‘liq yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Sodir bo‘lgan yong‘in Qamchiq Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03-20 da to‘liq o‘chirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring