Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akvariumga yopishtirilgan suratlar baliqni yolg‘izlik azobidan qutqardi

Akvariumga yopishtirilgan suratlar baliqni yolg‘izlik azobidan qutqardi

foto: 120su

Yaqinda Yaponiyaning Simonoseki shahridagi okeanarium ta’mirlash uchun yopildi va xodimlar baliqlardan biri o‘zini yaxshi his qilmayotganini payqab qolishdi.

Ya’ni o‘ziga xos ko‘rinishga ega oybaliq ovqat yeyishdan to‘xtadi va akvarium devorlariga yopishaverdi. Dastlab, jonzot parazitlardan yoki ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan deb taxmin qilingan, ammo tez orada xodimlardan biri boshqacha fikr bildirdi: ehtimol baxtsiz baliq shunchaki ta’mirlash bilan bog‘liq shovqin va tebranishdan xavotirlanayapti, balki odamlar tashrifi to‘xtatilgani uchun yolg‘izlikdan azob chekayotgandir...  

Taxmin g‘ayrioddiyligiga qaramay, to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Xodimlar  odamlar qiyofasini qog‘ozlarga chizib qirqishdi va akvarium devorlariga yopishtirishdi. Buni qarang-ki, oybaliqning ishtahasi qaytdi va hatti-harakatlari bilan «xursand»ligini namoyon qila boshladi. Demak, shundan ma’lumki, baliqlar ham o‘zini yolg‘iz his qilishi va bundan tushkunlikka tushishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring