Akvariumga yopishtirilgan suratlar baliqni yolg‘izlik azobidan qutqardi

Yaqinda Yaponiyaning Simonoseki shahridagi okeanarium ta’mirlash uchun yopildi va xodimlar baliqlardan biri o‘zini yaxshi his qilmayotganini payqab qolishdi.
Ya’ni o‘ziga xos ko‘rinishga ega oybaliq ovqat yeyishdan to‘xtadi va akvarium devorlariga yopishaverdi. Dastlab, jonzot parazitlardan yoki ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan deb taxmin qilingan, ammo tez orada xodimlardan biri boshqacha fikr bildirdi: ehtimol baxtsiz baliq shunchaki ta’mirlash bilan bog‘liq shovqin va tebranishdan xavotirlanayapti, balki odamlar tashrifi to‘xtatilgani uchun yolg‘izlikdan azob chekayotgandir...
Taxmin g‘ayrioddiyligiga qaramay, to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Xodimlar odamlar qiyofasini qog‘ozlarga chizib qirqishdi va akvarium devorlariga yopishtirishdi. Buni qarang-ki, oybaliqning ishtahasi qaytdi va hatti-harakatlari bilan «xursand»ligini namoyon qila boshladi. Demak, shundan ma’lumki, baliqlar ham o‘zini yolg‘iz his qilishi va bundan tushkunlikka tushishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter