Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l bermaslikning ayanchli oqibati

Yo‘l bermaslikning ayanchli oqibati

Foto: IIV YHXBB

2020-yil 28-avgust kuni soat 15:15 larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani hududidan o‘tgan 4K-339 «Qarshi aylanma yo‘lining» 6-kilometrida «Obdida-Xo‘jaqo‘rg‘on» ko‘chalari kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan kelgan «Damas» asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan «Kamaz»ni o‘tkazib yubormagan. Natijada o‘ng tomon oldi qismiga borib urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda «Damas» avtomobili haydovchisi 20 yoshli N.Sh. voqea joyida va uning yo‘lovchisi 18 yoshli A.J. shifoxonada vafot etgan. «Kamaz-5320» yuk avtomobili haydovchisi 29 yoshli B.U. va yo‘lovchisi 18 yoshli A.O.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan hodisa sodir bo‘lgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring