Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda 500 ming bilan MIB xodimining «og‘zini yopmoqchi» bo‘lishdi

Yangiyo‘lda 500 ming bilan MIB xodimining «og‘zini yopmoqchi» bo‘lishdi

Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan MIB Piskent tuman bo‘limi katta inspektori I.B.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unda fuqaro O.Ya. o‘ziga tegishli novvoyxonada gaz va elektr tarmoqlariga ulanish nuqtalaridan foydalanish qonuniyligini tekshirmaslik, dalolatnoma rasmiylashtirmaslik va hujjatlarni tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmaslik evaziga tumanga xizmat safariga yuborilgan MIB Piskent tuman bo‘limi katta inspektori I.B.ga pora tariqasida 500 ming so‘m bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.Ya.ga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring