Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangihayotda ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulagani aytildi

Yangihayotda ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulagani aytildi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulagani aytildi. Yangihayot tumani hokimligi vaziyatga aniqlik kiritdi. 

«Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida tumanimizdagi «Yangi darxon» mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib borishdi.

Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘ldi.

Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suxbatlashishdi. Qizning ahvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy», deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan uyda lift qulagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring