Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voronejda o‘zbekistonlikni urgan migratsiya xodimi ishdan ketdi

Voronejda o‘zbekistonlikni urgan migratsiya xodimi ishdan ketdi

Voronej shahridagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilingani haqida ma’lumot berilgan edi.

Tarqalgan videoga ko‘ra, xodim o‘zbekistonlik ishchiga nisbatan kuch ishlatgan. 

Ushbu murojaat asosida Voronej shahri IIB tomonidan Migratsiya markazi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ishtirokida surishtiruv ishlari olib borildi.

Ma’lum qilinishicha, Migratsiya markazida yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring