UZCARDda qisqa uzilish kuzatildi
Bugun, 14 mart kuni 11:00 dan 12:00 gacha UZCARD to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov xizmatlari ishida nosozlik yuzaga keldi.
Yagona umumrespublika protsessing markazining izoh berishicha, ushbu davrda potensial texnik nosozliklar aniqlanganligi munosabati bilan jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha ishlar tezkorlik bilan boshlangan.
«Ayni paytda to‘lovlar tiklandi va odatdagidek ishlamoqda, POS-terminallar orqali to‘lovlar va bankomatlardan naqd pul yechib olish ham odatdagidek amalga oshirilmoqda, — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter