Usta haydovchilik guvohnomasi uchun pora olayotganda ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «G‘allaorol o‘quv-sport texnika klubi» UK o‘rgatuvchi ustasi O‘.B. fuqaro D.J.ning ishonchiga kirib, unga «B» va «S» toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,5 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dallilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter