Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada vayronalar ostida bir hafta yotgan ayol tirik olib chiqildi

Turkiyada vayronalar ostida bir hafta yotgan ayol tirik olib chiqildi

Turkiyaning Gaziantep viloyatida vayronalar ostida qolgan ayol halokatli zilziladan 163 soat o‘tib qutqarib olindi, deb xabar berdi Anadolu axborot agentligi.

«Zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan Turkiyaning Gaziantep shahrida 163 soat davomida vayronalar ostida qolgan ayol qutqarildi. Bino vayronalari ostidan 62 yoshli Nazife Yilmaz qutqarildi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizildi», — deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. O‘sha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Tabiiy ofatdan halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 29,5 mingdan oshgan, jarohatlanganlar esa — 80 mingdan ortiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring