Toshkentdagi janjal videosiga aniqlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 22.30 larda Yangihayot tumani, Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida, futbol o‘ynash uchun kelgan voyaga yetmagan bolalar futbol maydonini talashib o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Janjalni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib uyiga olib kirib ketgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter