Toshkentda «Isuzu» YTHga uchradi, ikki yo‘lovchi jarohat oldi

Toshkentda avtobus ustunga urilib, YTHga uchradi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
6-fevral kuni ertalab 59-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Isuzu» rusumli avtobus haydovchisi X.Yo (1966 yilda tug‘ilgan, staji 33 yil), Yangihayot tumani hududidagi Yangi katta halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib borayotganda yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va old yon tomoni bilan ustunga borib urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jaroxati olgan, shuningdek, jabrlangan yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda, mazkur yo‘l-transport hodisasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan hamda «Toshshahartransxizmat» Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter