Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan yirik YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentda sodir bo‘lgan yirik YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha dastlabki ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 aprel kuni soat 11.00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli  ko‘chasida «Kamaz» rusumli tirkamali yukavtomashinasi hamda 14 ta yengil (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry, 3 ta Lacetti) avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring