Toshkentda sodir bo‘lgan yirik YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha dastlabki ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 aprel kuni soat 11.00 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasida «Kamaz» rusumli tirkamali yukavtomashinasi hamda 14 ta yengil (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry, 3 ta Lacetti) avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH natijasida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter